Geri Chepmen G.
Sevgi hayot tarzi sifatida
Geri Chepmen — sevgi va munosabatlar sohasida butun dunyoga mashhur mutaxassis. Uning asarlari 37 tilga tarjima qilingan bo‘lib, millionlab insonlarning hayotida tub burilish yasagan. «Sevgi hayot tarzi sifatida» esa mushtariylar intiqlik bilan kutgan navbatdagi asardir. Bu kitob «Sevgining beshta tili» bestsellerining mantiqiy davomi sifatida yozilgan. Chepmen hayotda uchraydigan har bir inson bilan uyg‘un va samimiy munosabatlarni ongli va erkin yondashuv asosida qurishni taklif etadi. Kitobdagi testlar va amaliy topshiriqlar hayotingizni o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan yettita muhim fazilatni rivojlantirishga yordam beradi. Ushbu kitob orqali siz nafaqat o‘zingiz baxtiyor bo‘lasiz, balki atrofdagilarga ham baxt ulashasiz.














